Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliyada ukrainalikning o‘limidan so‘ng davlat organi tugatilib, yangi organ tashkil etildi
Portugaliyada xorijliklar va chegara ishlari xizmati (SEF) tugatildi. Bunga Ukraina fuqarosi Igor Xomenyukning o‘limi bilan bog‘liq holat sabab bo‘ldi, deb yozadi RIA Novosti.
SEF 14 apreldan boshlab tugatildi, uning o‘rniga xorijliklar va boshpana berish bo‘yicha xizmat tashkil etildi.
Igor Xomenyuk o‘tgan yil martida Lissabon aeroportidagi tergov izolyatorida vafot etgan. U vizasi bo‘lmagani sababli aeroportda ushlangan va izolyatorga joylashtirilgan.
Tergovning fikricha, Xomenyukning o‘limiga SEF’ning uch nafar xodimi uni do‘pposlashi sabab bo‘lgan.
O‘tgan yil dekabrida SEF boshlig‘i Krishtina Gatoes iste'foga chiqqandi.
Keyinroq Xomenyuk oilasi Portugaliya hukumatidan kompensatsiya olishi ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025