Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar madaniy boyliklarni chet elga noqonuniy olib o‘tishga chek qo‘ydi
Davlat Bojxona qo‘mitasining turli postlarida madaniy boyliklarni noqonuniy olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarning oldi olindi. Bu haqda qo‘mita Axborot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijga uchib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro S.Z.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortgan va ushbu shaxs o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Natijada, uning yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqilishi taqiqlangan jami 11 dona qadimiy tangalar borligi aniqlangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ota” chegara bojxona posti xodimlari mazkur post orqali qo‘shni mamlakatga chiqib ketayotgan fuqaro D.N. boshqaruvidagi “Mersedes-Bens” rusumli yuk avtotransport vositasini belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazganda jami 120 dona turli qiymatdagi madaniy boylik ashyolari borligini aniqlagan.
Avtomashinada 33 dona 1903-1968 yillar oralig‘ida zarb qilingan hamda respublika hududidan olib chiqilishi taqiqlangan qadimiy tangalar, olib chiqilishida maxsus sertifikat talab etiladigan 3 xil turdagi jami 107 dona (tanga, gilamcha va haykallar) madaniy boyliklar borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025