O‘zbekiston | 10:07 / 18.04.2021
38752
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish ko‘tarilishda davom etmoqda, yana ikki bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kun ichida O‘zbekistonda 342ta yangi kasallanish holati qayd etilgani va 2 bemor vafot etgani haqida xabar berdi. Ayni vaqtda shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar soni qariyb 2 ming nafar, shundan 109 nafar bemor o‘ta og‘ir ahvolda.

«2021 yil 17 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 86680 (+342) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Kunlik o‘sish bo‘yicha O‘zbekiston bo‘yicha ham, Toshkent shahrida ham yil boshidan buyon eng yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Bundan avvalgi antirekord 16 aprel kuni qayd etilgan, bir kun avval 316 kishida COVID-19 tasdiqlangandi. O‘zbekistonda o‘tgan yil sentyabridan buyon kunlik kasallanish ko‘rsatkichi 300dan yuqori bo‘lishi kuzatilmagandi.

Yangi kasallanish holatlarining: 

  • 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 
  • 3 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 29 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 4 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 50 nafari Toshkent viloyatida,
  • 221 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
  • Kecha kun davomida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar,

  • Buxoro viloyatida 8 nafar,
  • Namangan viloyatida 5 nafar,
  • Samarqand viloyatida 22 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar,
  • Toshkent viloyatida 37 nafar,
  • Toshkent shahrida 125 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 84043 (+205) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 638 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1999 nafar bemor davolanmoqda, shundan 238 nafari og‘ir, 109 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. O‘zbekistonda shifoxonalarga yotqizilgan bemorlar soni 2 mingdan oshiq bo‘lishi so‘nggi bor o‘tgan yil sentyabrida qayd etilgan.

Mavzuga oid