Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda 51 yoshli fuqaro ota va o‘g‘il qo‘shnisini pichoqladi, bir kishi vafot etdi
Joriy yilning 14 aprel kuni Buxoro tumanida mudhish qotillik sodir etildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 1970 yilda tug‘ilgan I.Sh. o‘zaro kelishmovchilik natijasida qo‘shnisi, 1959 yilda tug‘ilgan R.N.ning yashash xonadoniga borib, janjallashgan. Janjal paytida u o‘zi bilan olib borgan oshxona pichog‘i bilan N.R.ning chap tomon bo‘yin sohasiga bir marotaba va o‘ng tomon qo‘ltiq ostiga ikki marotaba, shuningdek, uning o‘g‘li F.R.ning qorin qismiga bir marotaba urgan.
Buning oqibatida, ota va bola olgan tan jarohati bilan RShTYoIM Buxoro filialiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan N.R. jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan I.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-, 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ushbu jinoyat 16 aprel kuni Buxoro viloyati prokurori Mahmud Istamov va IIB boshlig‘i Shuhrat Aliyev tomonidan tuman hokimi hamda sektor rahbarlari, tegishli mas'ullar ishtirokida jinoyat sodir qilgan shaxs va jabrlanuvchilar istiqomat qilgan mahallada muhokama qilingan.
Mavzuga oid
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
17:28 / 21.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni avtobusda ushlashgan. Hodisa tafsilotlari
11:43 / 03.05.2025
“10 marta takrorlab, eslab qolaman” – 205 ta davlat poytaxtlarini yoddan biladigan 8 yoshli Shukrona
10:57 / 23.01.2025