Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent Besh tashabbus harakati so‘nggi qo‘ng‘iroq arafasida bo‘lib o‘tadi
26 mart kuni yoshlarga oid yirik tadbir – Toshkent Besh tashabbus harakatiga ro‘yxatga olish boshlangandi. Bosh tashkilotchisi Toshkent shahar hokimligi bo‘lgan tadbir 21 maydan 25 mayga qadar bo‘lib o‘tadi.
Hozirga qadar harakat mehmonlari sifatida 10300 nafarga yaqin odam ro‘yxatdan o‘tishga ulgurgan. Ularning 7200 nafarini 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi.
Shuningdek, ishtirokchi sifatida ro‘yxatdan o‘tganlar soni deyarli 3000 nafarga yetdi. Ular madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari, mutolaa va tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalarda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi.
«Sport musobaqalarida qatnashish uchun arizalar soniga qarab yoshlarimiz sportni qanchalik sevishini anglasa bo‘ladi. Masalan, faqatgina futbol turnirida qatnashish uchun o‘rtacha 6-7 kishidan iborat 155ta jamoa ro‘yxatdan o‘tgan. Bu 1000ga yaqin yosh futbolchi degani. Basketbol turnirida qatnashuvchilar soni esa allaqachon 100 nafardan oshgan.
«X loyihasi» g‘oyalar tanlovida o‘zining IT-qobiliyatlarini 45 nafar odam namoyon etmoqchi. Jamoalardan Toshkentni rivojlantirishga oid mualliflik loyihalarini taqdim etish talab etilgan Ayollar netvorkingi haftaligida esa 50 nafar qiz qatnashishga qaror qilgan.
Tadbir doirasidagi tanlovlar orasida eng ko‘p yoshlar e'tiborini «Zakovat» intellektual bahsi o‘ziga tortdi va hozircha unda 1860 kishi o‘z bilimlarini namoyon etishga bel bog‘lagan.
Biroq bu hali yakuniy raqamlar emas. Ular ortishda davom etmoqda, ro‘yxatga olish esa hali tugagani yo‘q», deyiladi tadbir tashkilotchilari tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotda.
Mavzuga oid
15:30 / 26.12.2021
“Toshkent yoshlar forumi – 2021” direksiyasi: noodatiy tarzda o‘tkan forum haqida xulosalar
20:12 / 21.12.2021
«Undaylar vatanning ham kelajagiga ishonmaydi» - Ortiqxo‘jayev internetda tanqid yozadiganlarni tanqid qildi
18:48 / 21.12.2021
Aziz Abduhakimov - jamoat hojatxonalari, qishki olimpiada boykoti va Orolga kelayotgan pullarning qanchalik shaffofligi haqida
17:00 / 20.12.2021