Koronavirus: O‘zbekistonda yana bir bemor vafot etdi, 238 bemor og‘ir ahvolda qolmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonning 11 hududida 243 holatda koronavirus qayd etilib, bir nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 19 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 87225 (+243) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Bungacha ketma-ket uch kun davomida kunlik o‘sish 300dan oshiq bo‘layotgandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 2 nafari Andijon viloyatida,
- 8 nafari Buxoro viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 4 nafari Namangan viloyatida,
- 13 nafari Samarqand viloyatida,
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 2 nafari Xorazm viloyatida,
- 34 nafari Toshkent viloyatida,
- 168 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar,
- Navoiy viloyatida 1 nafar,
- Namangan viloyatida 3 nafar,
- Samarqand viloyatida 73 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 6 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 4 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 3 nafar,
- Toshkent viloyatida 31 nafar,
- Toshkent shahrida 96 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 84533 (+226) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 639 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2053 nafar bemor davolanmoqda, shundan 238 nafari og‘ir, 109 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022