O‘zbekiston | 11:42 / 27.04.2021
2813
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda shirkat raisi kommunal xizmatlar uchun aholidan undirilgan pulni talon-toroj qildi

Navoiyda kommunal xizmatlar uchun aholidan undirilgan pullarni talon-toroj qilgan shirkat rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat «Yagona hisob-kitob markazi» murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. 

Tekshiruv davomida «Q.K.» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari X.Q. va boshqalar shirkatga qarashli 17 ta ko‘p qavatli uyda yashovchi aholidan 2020 yilda uy-joy kommunal xizmati uchun yig‘ilgan 201,5 million so‘m naqd pulni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Oldinroq Navoiyda aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni talon-toroj qilgan mansabdor shaxslar ushlangandi.

Mavzuga oid