O‘zbekiston | 10:07 / 29.04.2021
19672
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda bir kunda 398 holat aniqlandi, shifoxonalarga yotqizilgan bemorlar soni 3 mingga yaqin

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda 400ga yaqin koronavirus bilan kasallanish holati qayd etilib, 1 bemor vafot etgani haqida xabar qildi.

«2021 yil 28 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 90406 (+398) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Bu 2021 yilda qayd etilgan eng yuqori ikkinchi ko‘rsatkichdir. Yil rekordi 23 aprel kuni qayd etilgan, o‘shanda 399 kishida virus aniqlangandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 7 nafari Jizzax viloyatida,
  • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 1 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 72 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 4 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 73 nafari Toshkent viloyatida,
  • 207 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar,
  • Buxoro viloyatida 6 nafar,
  • Jizzax viloyatida 6 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,
  • Namangan viloyatida 11 nafar,
  • Samarqand viloyatida 76 nafar,
  • Toshkent viloyatida 39 nafar,
  • Toshkent shahrida 173 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 86774 (+325) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 647 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2985 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid