O‘zbekiston | 07:10 / 03.05.2021
2779
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro shahrida Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali o‘tkaziladi

Prezidentning «Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2022 yildan boshlab har ikki yilda may oyida Buxoro shahrida Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali o‘tkaziladi.

Belgilanishicha, festival 2022 yil 21–25 may kunlari va uning doirasida «An'anaviy zardo‘zlik va zargarlik san'atini rivojlantirish istiqbollari» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi.

Shuningdek, Toshkent shahrida xorijiy mamlakatlarning zargarlik tarmog‘i vakillari, xorijiy investorlar, ekspertlar va mutaxassislarni jalb etgan holda «Uzbek Jewellery Fair» zargarlik sanoatining zamonaviy asbob-uskunalari, texnologiyalari va buyumlarining yillik xalqaro ko‘rgazma-savdosi o‘tkaziladi.

Avvalroq mazkur qaror loyihasi e'lon qilingani va unda nimalar nazarda tutilgani haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid