Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 14 yoshli bola o‘zi bilan salomlashmagan 22 yoshli yigitni pichoqladi
2021 yilning 1 may kuni soat 23:30larda voyaga yetmagan 14 yoshli Izzatulla X. Toshkent shahri Shayxontohur tumani Ilg‘or mahallasida joylashgan jamoat joyi hisoblangan “Aviachipta” binosining orqa tomonida bo‘lgan vaqtida mojaro kelib chiqqan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 14 yoshli Izzatulla X. 22 yoshli Orif A.ga u bilan ikki kun oldin salomlashmaganini, uni yosh bola sifatida ko‘rganini vaj qilib, hech bir sababsiz chap qo‘ltiq sohasiga bir marotaba pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Izzatulla X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.
Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:14 / 27.04.2025
Toshkentda yigit o‘ziga tanish qizni kaltakladi, maktablardan birida esa ikki o‘quvchi janjallashdi
17:01 / 28.03.2025
Jizzaxda haydovchi yoqilg‘i baki qopqog‘ini yopmagani uchun zapravka xodimini kaltakladi
11:20 / 26.03.2025
Samarqandda yo‘ldagi ko‘lmakda cho‘milgan erkak 10 sutkaga qamaldi
15:33 / 12.03.2025