Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda tadbirkor 1,6 mlrd so‘m bank mablag‘larini talon-toroj qilgani aytilmoqda
«G.K.» MChJ rahbari D.S. va fuqaro A.U. bank filialidan savdo faoliyatini rivojlantirish uchun 1,6 mlrd so‘m pul olgan. Biroq savdo faoliyatini rivojlantirmasdan, boshqa maqsadda sarflagan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, ATB «Mikrokreditbank» viloyat mintaqaviy filiali mas'ullari Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasiga murojaat qilgan. O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «G.K.» MChJ rahbari D.S. va fuqaro A.U. bank filialidan savdo faoliyatini rivojlantirish uchun olgan 1,6 mlrd so‘m mablag‘ni shaxsiy ehtiyojlariga sarflagani hamda garovga qo‘yilgan bino va avtotransport vositasini bank muhrini qalbakilashtirish yo‘li bilan ta'qiqdan chiqarib, band solingan avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborganligi aniqlangani aytilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) va 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:40 / 16.05.2025
Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi
15:44 / 14.05.2025
Baliqchida mas’ullar budjet mablag‘larini soxta hujjatlar bilan o‘zlashtirgani aniqlandi
09:14 / 05.04.2025
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi
16:08 / 28.03.2025