O‘zbekistonda xususiy klinikalarga COVID-19’ga chalingan bemorlarni davolash uchun berilgan huquq muddati uzaytirildi
O‘zbekistonda 2020 yilning iyulidan xususiy klinikalarga ham COVID-19’ga chalingan bemorlarni davolashga ruxsat berilgandi. SSV matbuot xizmatining xabar berishicha, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga berilgan ushbu huquq muddati uzaytirildi.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga shoshilinch profilaktika va epidemiyaga qarshi choralar ko‘rilishini talab qiluvchi yuqumli kasalliklar qatoriga kiritilgan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish huquqi, istisno tariqasida, 2022 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.
Nodavlat tibbiyot tashkilotlariga Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan tuzadigan shartnomalariga muvofiq, davolash ishlarini amalga oshirish va sanitariya qoidalariga rioya qilish hamda tegishli hisobotlarni muntazam topshirib borish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan shaxslarni davolash ishlarini «www.bemor.ssv.uz» dasturida olib borish majburiyati asosida amalga oshirish belgilandi.
«Shuni unutmaslik kerakki, nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko‘rsatish, koronavirus infeksiyasiga PsR va ekspress-test tekshiruvlari o‘tkazish faqatgina Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tegishli talablar asosida amalga oshiriladi», deyiladi vazirlik xabarida.
Sog‘liqni saqlash vazirligining 9 may kuni bergan ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarida 3682 nafar bemor davolanmoqda. Mamlakatda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 94 397 nafarga yetdi.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022