Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST koronavirus pandemiyasining ikkinchi yili yanada halokatli bo‘lishi mumkinligidan xavotirlanmoqda
JSST rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy va Janubiy Amerikada kasallanish va o‘lim holatlari kamaygan. Osiyo, ayniqsa Hindistonda esa aksincha, kuchli o‘sish kuzatilmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus COVID-19 pandemiyasining ikkinchi yili birinchi yilga nisbatan yanada ko‘proq o‘limlarga sababchi bo‘lishi mumkinligini aytdi.
«COVID-19 3,3 milliondan ortiq o‘limga olib keldi va biz pandemiyaning ikkinchi yili birinchi yilga nisbatan yanada halokatli bo‘lishi mumkinligi yo‘lida turibmiz», — dedi u.
Avvalroq Gebreyyesus dunyoda koronavirus yuqtirish va o‘lim holatlari tekis chiziqqa tushganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy va Janubiy Amerikada kasallanish va o‘lim holatlari kamaygan. Osiyo, ayniqsa Hindistonda esa aksincha, kuchli o‘sish kuzatilmoqda.
Aprel oxirlarida JSST Hindiston duch kelgan vaziyat har qanday davlatda kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi
08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori
14:54 / 30.03.2025