Jamiyat | 14:57 / 20.05.2021
1754
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Uchqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi

Tezkor tadbir davomida Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro A.A.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, ushbu xonadonda bojxona rasmiylashtiruvini va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, qiymati 78 mln so‘mlik 6 turdagi 21 ming 723 dona dori vositalari noqonuniy ravishda saqlanayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida Yangiqo‘rg‘on tumanida avvaldan kuzatuvga olingan, fuqaro Q.I. boshqaruvidagi “Kobalt” avtomashinasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan.

Natijada,  avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilagan, ammo sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 30 mln so‘mlik 4145 dona biologik faol qo‘shimchalar hamda 120 dona parfyumeriya vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid