Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaspiy sohilidagi qamishzorda yuz bergan yong‘inni o‘chirishga urinishlar uch kundan buyon davom etmoqda
Atirau oblasti favqulodda vaziyatlar bo‘limining xabariga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish uchun vertolyot, 7ta maxsus avtotexnika va 35 nafar o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan.
Atirau oblastida Kaspiy dengizi sohilidagi qamishzorda yuz bergan yong‘inni o‘chirishga uch kundan buyon harakat qilinmoqda, deb xabar berdi Azh.kz.
Atirau oblasti favqulodda vaziyatlar bo‘limining xabariga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish uchun vertolyot, 7ta maxsus avtotexnika va 35 nafar o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan.
«Botqoqlikda o‘simliklarning baland o‘sgani yong‘inni o‘chirish ishlarini qiyinlashtirmoqda», deyiladi favqulodda vaziyatlar bo‘limi xabarida.
Yong‘in sababi o‘rganilmoqda.
Qayd etilishicha, yong‘in 19 may kuni Taskala qishlog‘idan 40 kilometr masofada Kaspiy dengizi sohilida boshlangan. 21 mayga kelib 32 gektar qamishzor olov ichida qolgan.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025