O‘zbekiston | 09:06 / 25.05.2021
18114
2 daqiqa o‘qiladi

Sariosiyo tumani hokimi o‘zgardi

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Bugun Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Sessiya ishida viloyat hokimi To‘ra Bobolov ishtirok etdi. Unda tumanni har tomonlama rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. O‘ktam To‘rayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Sariosiyo tumani hokimi lavozimidan ozod qilindi. Viloyat hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Abdusalom Xo‘jaqulov Sariosiyo tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiyada so‘zga chiqqanlar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud imkoniyat va resurslardan samarali foydalanish borasida tuman faollari oldida turgan dolzarb vazifalar ko‘rsatib berilgani, shu amaliy ko‘rsatmalar asosida ishni to‘g‘ri tashkil etib, hamjihatlik bilan mehnat qilish va ko‘zlangan marralarga erishish zarurligini alohida ta'kidladilar, deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, O‘ktam To‘rayev 2019 yil 20 sentyabr kuni Sariosiyo tumani hokimi etib tasdiqlangandi.

Mavzuga oid