Toshkent-Sariosiyo yo‘nalishida ilk sinov parvozi amalga oshirildi
Sinovda Sariosiyo aerodromidan fuqaro aviatsiyasi parvozlaridan foydalanish talablari o‘rganilgan.
2024 yil 5 yanvar kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Let L-410 havo kemasida Toshkent–Termiz, Termiz–Sariosiyo, Sariosiyo–Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozlari amalga oshirildi.
Sinov parvozi prezidentning Sariosiyo tumanidan mahalliy yo‘nalishlarda reyslarni yo‘lga qo‘yish hamda bozor tamoyillari asosida Termiz xalqaro aeroportidan mavjud talablardan kelib chiqib, mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda parvozlar geografiyasi kengaytirilishini ta’minlash bo‘yicha topshirig‘i asosida amalga oshirilgan.
Ta’kidlanishicha, ishchi guruh tomonidan ICAO xalqaro me’yorlariga muvofiq, Sariosiyo aerodromidan fuqaro aviatsiyasi parvozlaridan foydalanish talablari, mavjud infratuzilma, ATR-72 havo kemalarini qabul qilish imkoniyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, yo‘lovchi terminalini barpo etish va zarur infratuzilmani yaratish bo‘yicha vazifalar belgilangan.
Qayd qilinishicha, barcha vazifalar amalga oshirilganidan so‘ng, Turizm qo‘mitasi hamda Surxondaryo viloyat hokimligi tomonidan hududga jalb etilgan turistlarni va mahalliy aholini aviamobilligini ta’minlash bo‘yicha ATR-72, Let L-410 va undan kichik turdagi havo kemalari orqali aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
15:48
Toshkent-Xanchjou yo‘nalishida yangi havo qatnovi ochildi
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024