Jahon | 08:43 / 30.05.2021
6066
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada bortida 250dan ortiq odam bo‘lgan paromda yong‘in chiqdi

Indoneziya sharqida KM Karya Indah turistik paromida yong‘in chiqdi. Bortida 250dan ko‘proq odam bo‘lgan kemada yong‘in u portdan chiqqandan 15 daqiqa o‘tib boshlangan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, parom Shimoliy Malku provinsiyasidagi Ternate shahridan Limafatola orolidagi Sanana portiga yo‘nalayotgan bo‘lgan.

Yong‘in chiqqach paromda sarosima boshlangan. Ba'zi yo‘lovchilar yong‘indan qochish maqsadida suvga sakrashgan. Ularni qutqaruvchilar va baliqchilar suvdan chiqarib olgan.

Paromdan hammasi bo‘lib 257 kishini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lingan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Ta'kidlanishicha, yong‘in paromning mashina bo‘limida noma'lum sabablarga ko‘ra kelib chiqqan. U butkul yonib ketgan. Ushbu hodisa yuzasidan tergov boshlangan.

Mavzuga oid