Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda murdadan «ko‘rsatma olgan» sudya hamon sudyalik lavozimida ishlayotgani aytilmoqda
31 may kuni AOKAda Sudyalar oliy kengashi mas'ullari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalist Anora Sodiqova 2018 yil Kun.uz'da chiqqan «Xorazmda murda tirilib, sudda «ko‘rsatma berdi» sarlavhali maqoladagi holat xususida savol berdi.
Anora Sodiqovaga ko‘ra, o‘sha sharmandali voqeadan keyin oradan bir necha yil o‘tsa ham, bu sudya hamon o‘z faoliyatini davom ettiryapti.
Sudyalar oliy kengashi Sud inspeksiyasi sudyasi Otabek Mirzamahmudov bu vaziyat bo‘yicha fikr bildirarkan, Kengash prezidentning 2021 yil 12 apreldagi farmoniga asosan yangi tarkibda faoliyat boshlagani, yuqoridagi maqolada aytilgan voqealardan shaxsan xabari yo‘qligini, biroq kengash tomonidan o‘tgan davrda bo‘lib o‘tgan voqealar ham tanqidiy qayta ko‘rib chiqilishini ta'kidladi.
Kengash matbuot kotibi Tursunali Akbarov esa jurnalistning savoli bo‘yicha kengash Sud inspeksiyasi tomonidan alohida o‘rganish olib borilishi va natijasi bo‘yicha axborot berilishini ma'lum qildi.
Ma'lumot uchun, 2018 yilda Kun.uz saytida berilgan maqolada fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining raisi bir muddat oldin o‘lgan shaxs go‘yoki tirik bo‘lgani va sudda u bergan guvohlik ko‘rsatmasini ishonchli deb hisoblagani, shunga asosan noxolis qaror chiqargani haqida so‘z yuritilgandi.
Birinchi instansiya sudi sudlanuvchini aybli deb topib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etgan. Apellyatsiya sudida bu qaror o‘zgartirilib, sudlanuvchiga 2 yillik shartli qamoq jazosi berilgan.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
21:35 / 22.05.2025