Jahon | 21:09 / 09.06.2021
20125
1 daqiqa o‘qiladi

Yashash sifati bo‘yicha dunyoning eng yaxshi shahri nomi ma'lum qilindi

Mutaxassislar reytingni tuzishda rivojlanish barqarorligi, madaniyat, ekologiya, sog‘liqni saqlash, ta'lim va infratuzilma kabi ko‘rsatkichlarni baholagan va taqqoslagan.

Yangi Zelandiyaning Oklend shahri yashash sifati eng yaxshi bo‘lgan shahar deb tan olindi. Bu haqda The Economist jurnalining Economist Intelligence Unit (EIU) reytingida ma'lum qilindi.

140ta shahar kiritilgan ro‘yxatning ikkinchi va uchinchi o‘rinlaridan Osaka va Adelaida shaharlari joy oldi.

Mutaxassislar reytingni tuzishda rivojlanish barqarorligi, madaniyat, ekologiya, sog‘liqni saqlash, ta'lim va infratuzilma kabi ko‘rsatkichlarni baholagan va taqqoslagan.

Ro‘yxatning yuqori o‘ntaligidan quyidagi shaharlar o‘rin oldi: 

  • Oklend, Yangi Zelandiya
  • Osaka, Yaponiya
  • Adelaida, Avstraliya
  • Vellington, Yangi Zelandiya
  • Tokio, Yaponiya
  • Pert, Avstraliya
  • Tsyurix, Shveytsariya
  • Jyeneva, Shveytsariya
  • Melburn, Avstraliya
  • Brisben, Avstraliya

Oxirgi o‘rinlarda esa Damashq (Suriya), Lagos (Nigeriya), Port-Morsbi (Papua – Yangi Gvineya) va Dakka (Bangladesh) joylashdi.

Mavzuga oid