Jamiyat | 19:55 / 13.06.2021
6854
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda ko‘knor va nasha yetishtirib kelayotgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida ko‘knor giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 8 may kuni soat 15.00da, IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Denov tuman DXX, viloyat bojxona xodimlari tomonidan tumanning Sumbula mahallasi hududida o‘tkazilgan tadbirda, shu mahallada yashovchi, H.Nurulloning tomorqasida ko‘knor va nasha o‘stirib kelayotgani aniqlangan.

Jumladan, H.Nurilloning yashash uyi yordamchi xo‘jaliklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 159 tup ko‘knor va 5 tup nasha giyohvand o‘simliklarini ekib parvarishlab kelayotgani qayd etilib, ular tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, 18 may kuni H.Nurulloga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid