Fleshkani «yeb yuborgani» aytilgan Ishtixon hokimligi matbuot kotibiga hayfsan berildi
Fleshkani «yeb yuborgani» aytilgan Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmatining rahbariga hayfsan jazosi berilgan. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun, 16 iyun kuni Ishtixon tumanidagi bozorda yuzaga kelgan yong‘in tafsilotlarini yoritish bo‘yicha hokimlik axborot xizmati va jurnalist bilan bog‘liq holat Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati hamda AOKA hududiy boshqarmasi tomonidan ikkala tomon ishtirokida o‘rganilgan.
«MY5» telekanali muxbiri Otajon Rabbonaqulov va hokimlik axborot xizmati rahbari Ilhom Boboyevning fikrlari, vajlari eshitilgan.
Qayd etilishicha, Ilhom Boboyev yong‘in bo‘lgan joy xavfli holatda ekanligini inobatga olib, yonib ketgan ustunlar odamlar ustiga qulashi mumkin, degan xavotirda fuqarolar tarqalgandan keyin tasvirga olasizlar, deb jurnalistdan kamerani o‘chirib turishni so‘raganligini bildirgan.
Matbuot kotibi kamera xotira kartasini (fleshka) olmaganligini, yutib yubormaganini, bu gaplar asossiz ekanligini bildirgan. Biroq, «tasvirga olmanglar, odamlar tarqalsin keyin tashkillashtirib beraman», deb, operatorga aytib, kameraga teginganini aytgan.
«My5» telekanali muxbiri Otajon Rabbonaqulov boshida tuman hokimligi axborot xizmati rahbari tasvirga olishga qarshilik ko‘rsatganini, keyin muxbir tuman hokimi va boshqa bir qator fuqarolardan intervyu olganini bildirgan. Uning aytishicha, Ilhom Boboyev bilan bozor hududini birga (boshqa fuqarolar ishtirokisiz) tasvirga olishgan. Kamera xotira kartasini (fleshka) matbuot kotibi yutib yuborganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rmagan, balki bu haqda boshqalardan eshitgan.
U o‘zi tayyorlagan lavhada ham va boshqa nashr muxbirlari bilan suhbatda ham xotira kartasi yutib yuborildi, degan gapni gapirmaganini bayon etgan.O‘rganish yakunida ikkala tomonga ham qonunchilik talablari va tartib-qoidalar tushuntirilgan.
Ta'kidlanishicha, Ishtixon tuman hokimining 2021 yil 16 iyundagi farmoyishi bilan Ilhom Boboyevga hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
«My5» telekanali muxbiri Otajon Rabbonaqulovga esa telekanal mulkiga ziyon yetkazilganligi vaji bo‘yicha asos mavjud bo‘lsa, sudga murojaat qilishi zarurligi tushuntirilgan. Muxbir kamera buzilgani holati bo‘yicha sudga murojaat qilmasligini, da'vosi yo‘qligini bildirgan.
P.S. «My5» telekanali muxbiri Otajon Rabbonaqulov tahririyatga murojaat qilib, bugungi uchrashuvda Ilhom Boboyev «Xotira kartasini olmaganman», deb noto‘g‘ri gapirganini bildirdi. Uning aytishicha, kecha Ilhom Boboyev xotira kartasini olgani uchun undan uzr so‘rab, kartani yo‘qotib qo‘yganini aytgan. Shu jarayon videotasvirga olinib telekanalning xabarlar dasturida efirga uzatilgan.
Mavzuga oid
16:05 / 16.11.2024
“Ma’naviy ekspertiza” axloq pardasi himoyachisimi yoki media makon nazoratchisi? Bahsli mavzuda katta suhbat
14:03 / 05.09.2024
Samarqandda tez harakatlangan “Lasetti” tufayli ota va uning 13 yoshli o‘g‘li halok bo‘ldi
16:46 / 26.08.2024
Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi
07:45 / 07.08.2024