O‘zbekiston | 10:38 / 16.06.2021
27627
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar o‘sishi davom etmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda 350 kishida virus aniqlanib, 342 bemor tuzalgani, shuningdek, 2 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 15 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104463 (+350) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Bu so‘nggi bir oydagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. So‘nggi marta kunlik kasallanish ko‘rsatkichi 350dan yuqori bo‘lishi 13 may kuni kuzatilgandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 14 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 3 nafari Andijon viloyatida,
  • 11 nafari Buxoro viloyatida,
  • 16 nafari Jizzax viloyatida,
  • 8 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 1 nafari Navoiy viloyatida,
  • 7 nafari Namangan viloyatida,
  • 24 nafari Samarqand viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 36 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 6 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 6 nafari Xorazm viloyatida,
  • 41 nafari Toshkent viloyatida,
  • 173 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 11 nafar,
  • Buxoro viloyatida 13 nafar,
  • Jizzax viloyatida 15 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 26 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 6 nafar,
  • Samarqand viloyatida 20 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 4 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 17 nafar,
  • Xorazm viloyatida 12 nafar,
  • Toshkent viloyatida 47 nafar,
  • Toshkent shahrida 169 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 100328 (+342) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 711 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3424 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid