O‘zbekiston | 08:06 / 23.06.2021
3282
2 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqdagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopiladi

Bo‘stonliq tumanida velosport-shosse bo‘yicha o‘tkaziladigan “Federatsiya kubogi” musobaqasi munosabati bilan ayrim yo‘llar vaqtincha yopiladi.

2021 yilning 23-24-25 iyun kunlari soat 8:00dan 14:00ga qadar 4R12 “Bektemir sh. –Chirchiq sh. – G‘azalkent sh. Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 61-kilometridan (Chimyon dam olish zonasiga olib boruvchi yo‘lga o‘tish joyidan) 73-kilometrlari oralig‘ida (“Bochka” nomli savdo rastalari boshlangan joygacha) va 4R10 “Chorvoq suv ombori halqa yo‘li”ning 0+500 va 81+700 oralig‘ida (“Farovon”, “Arbat”, “Chinaris”, “Xo‘jakent” kafelari atrofi) yo‘lda transport vositalari harakati to‘liq cheklanadi.

Bo‘stonliq tumanining Chorbog‘ qo‘rg‘oni, Xumson qishloqlariga tashrif buyuruvchi fuqarolar ushbu yo‘lni aylanib o‘tish uchun 4R11 "G‘azalkent sh. - Qizilsuv - Chorbog‘ qo‘rg‘oni" orqali aylanib o‘tishlari mumkin. 

Shuningdek, Yusufxona, Burchmulla, Bog‘iston va tog‘li hududlardagi boshqa qishloqlarga 4R12 “Bektemir sh. – Chirchiq sh. – G‘azalkent sh. Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 61-kilometridan 4R6 “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo‘lining 57-kilometriga o‘tish joyi orqali aylanib o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan mazkur vaziyatda belgilangan tartibni to‘g‘ri tushungan holda, tadbirga jalb etilgan YPX inspektorlarining qonuniy talablariga rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi YHXBB xabarida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid