Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiroqchi tumanida «Jiguli VAZ-210» mashinasi yonib ketdi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani markazida harakatlanib ketayotgan «Jiguli VAZ-210» mashinasi yonib ketgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Bugun soat taxminan 14:00larda Chiroqchi tumani markazidagi Mustaqillik ko‘chasida harakatlanib ketayotgan «Jiguli VAZ-210» mashinasi yonib ketgan.
Chiroqchi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Akrom Po‘latovning ma'lum qilishicha, hodisa joyiga yong‘inga qarshi kurash ekipaji jalb qilingan va olov o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida mashinaning salon, motor, va kuzov qismlari jiddiy shikastlangan. Dastlabki surishtiruvda hodisaga mashinaning texnik nosozligi sabab bo‘lgan. Benzin shlangi yorilib ketib, olov chiqqan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisada hech kim jabrlanmagan. Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi

19:31 / 18.05.2025