O‘zbekiston | 08:12 / 24.06.2021
2153
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Yevrosiyo taraqqiyot banki vakolatxonasi ochiladi

Moskva shahrida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Yevrosiyo taraqqiyot banki boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida bank resurslarini O‘zbekistonda investitsiyaviy faoliyatni kuchaytirishga jalb etish maqsadida u bilan hamkorlikni kengaytirishga oid joriy masalalar va istiqbollar muhokama qilindi.

Tomonlar bank tarafidan moliyalashtirish uchun eng istiqbolli investitsiya loyihalarini o‘rganishga va tegishli tayyorgarlik ishlarini birgalikda olib borishga kelishib oldi. 

Shuningdek, gidroenergetika, infratuzilmaviy qurilish va transport sohalarida mintaqaviy ahamiyatga molik yirik loyihalarni amalga oshirishda YeOTB ishtirokining istiqbollari muhokama qilindi.

Bu yo‘nalishlarda amaliy ishlarni tashkil etish uchun tomonlar joriy yil oxirigacha O‘zbekistonda YeOTB vakolatxonasini ochish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid