Angren shahar Ichki ishlar boshqarmasi binosida post-patrul xizmati xodimi o‘z joniga qasd qildi
Toshkent viloyati Angren shahrida Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash guruhi xodimi IIB binosida o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 27 iyun soat taxminan 13.00larda Angren shahar IIB Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash guruhi xodimi, safdor, 1987 yilda tug‘ilgan Bekzod Bobomirzayev o‘z joniga qasd qilgan.
Qayd etilishicha, u Angren shahar Ichki ishlar boshqarmasi binosining 4-qavatida o‘ziga biriktirilgan «PM» tabel qurolidan jag‘ qismiga qarata bir marotaba o‘q uzgan. Oqibatda, safdor B.Bobomirzayev og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Ta'kidlanishicha, safdor B.Bobomirzayevning o‘z joniga qasd qilish sabablari Ichki ishlar vazirligi va prokuratura organlarining maxsus tashkil etilgan guruhi tomonidan o‘rganilmoqda. Holat ichki ishlar vazirining shaxsan nazoratiga olingan.
Mavzuga oid
19:09 / 28.10.2024
“Ko‘p miqdorda jarimam bor edi” – Samarqandda pora olgan IIB xodimi qamaldi
19:05 / 14.10.2024
Sobiq IIB xodimi umrbodga hukm qilindi. U uch kishini o‘ldirgan
11:29 / 19.07.2024
Namanganda pora bilan “o‘tirib chiqib”, oqlangan IIB xodimi yana qamaldi
18:01 / 26.06.2024