Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londondagi metro stansiyasi yaqinida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi
Xabar qilinishicha, voqea joyida 70 nafarga yaqin o‘t o‘chiruvchi ishlamoqda, portlash ovozlari eshitilmoqda, odamlar evakuatsiya qilinyapti.
London janubidagi Elephant & Castle metro stansiyasi yaqinida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.
Voqea joyida 70 nafarga yaqin o‘t o‘chiruvchi ishlamoqda, portlash ovozlari eshitilmoqda, odamlar evakuatsiya qilinyapti, deb xabar berdi Telegraph.
Voqeaga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lum, jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumot yo‘q.
London o‘t o‘chirish xizmatining Twitter sahifasida xabar qilinishicha, uchta tijorat qurilmasi, to‘rtta avtomobil va telefon budkasi yonmoqda.
Politsiyaning bildirishicha, voqea terrorizm bilan bog‘liq emas.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025