O‘zbekiston | 21:52 / 30.06.2021
4844
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston IIV va O‘zbekiston Milliy gvardiyasi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi

Qayd etilishicha, ushbu kelishuv idoralar uchun jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash, terrorizmga qarshi operatsiyalar o‘tkazish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha huquqiy asoslarni yaratadi.

Foto: Tengrinews

Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev O‘zbekiston milliy gvardiyasi qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev bilan uchrashdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz.

Xabarda aytilishicha, uchrashuvda o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari hamda ularning istiqboldagi rivoji muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Qozog‘iston IIV va O‘zbekiston Milliy gvardiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

Qayd etilishicha, ushbu kelishuv idoralar uchun jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash, terrorizmga qarshi operatsiyalar o‘tkazish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha huquqiy asoslarni yaratadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid