Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada qiruvchi samolyot binoga urildi
Belgiya mudofaa vazirligining ma'lumot berishicha, uchuvchi katapulta yordamida samolyotni tark etishga ulgurgan.
Belgiya harbiy-havo kuchlariga qarashli F-16 qiruvchi samolyoti Niderlandiyadagi Leuvarden aviabazasidan ko‘tarilish chog‘ida binoga urildi. Bu haqda baza qo‘mondonligi xabar berdi.
«Bugun ertalab F-16 qarshisida joylashgan binoga urildi. Ikki kishi jarohatlandi. Yong‘in yoki portlash yuz bermadi», — deyiladi xabarda.

Belgiya mudofaa vazirligining ma'lumot berishicha, uchuvchi katapulta yordamida samolyotni tark etishga ulgurgan.

Leeuwarder Courant nashrining yozishicha, uchuvchi va aviabaza texnik xodimi jarohatlangan.
Mavzuga oid
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi
23:29 / 13.05.2025