O‘zbekiston | 10:20 / 04.07.2021
42951
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Barcha hududlarda kunlik holatlar soni o‘smoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda mamlakatda 467 kishida kasallik aniqlanib, 360 bemor tuzalgani va 2 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 3 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 112597 (+467) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 26 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 33 nafari Andijon viloyatida,
  • 31 nafari Buxoro viloyatida,
  • 46 nafari Jizzax viloyatida,
  • 12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 7 nafari Navoiy viloyatida,
  • 25 nafari Namangan viloyatida,
  • 41 nafari Samarqand viloyatida,
  • 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 30 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 28 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 12 nafari Xorazm viloyatida,
  • 44 nafari Toshkent viloyatida,
  • 105 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 nafar,
  • Andijon viloyatida 68 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 13 nafar,
  • Navoiy viloyatida 20 nafar,
  • Namangan viloyatida 38 nafar,
  • Samarqand viloyatida 60 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 73 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 34 nafar,
  • Toshkent viloyatida 40 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 108764 (+360) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 747 nafarni tashkil qildi.

Vaksinatsiya

3 iyul kuni O‘zbekistonda 114 065 doza vaksina qo‘llangan. Shundan:

  • 1-bosqich emlanganlar: 69 631 doza;
  • 2-bosqich emlanganlar: 23 452 doza;
  • 3-bosqich emlanganlar: 20 982 doza.

Shu kungacha O‘zbekistonda 3 083 739 doza vaksinadan foydalanildi. Shundan:

  • 1-bosqich emlanganlar: 2 404 133 doza;
  • 2-bosqich emlanganlar: 1 302 817 doza;
  • 3-bosqich emlanganlar: 376 789 doza.

Mavzuga oid