Jahon | 20:08 / 09.07.2021
6966
2 daqiqa o‘qiladi

Pfizer va BioNTech koronavirusning delta-shtammiga qarshi vaksina ishlab chiqdi

Pfizer va BioNTech kompaniyalari koronavirusga qarshi o‘z vaksinasining buster varianti ustida izlanishlar olib bormoqda. Yangi variant mavjud vaksinaning samaradorligini oshiradi va u dunyoning 100ga yaqin davlatida tarqalgan delta-shtammga (hindcha) qarshi qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Kompaniyalar bayonotida ta'kidlanishicha, hozirgi ikki komponentli vaksina koronavirusning hozirda ma'lum bo‘lgan barcha shtammlari, jumladan, delta-shtammdan “eng yuqori himoyani” ta'minlay oladi. Biroq kompaniyalar “hushyor qolib”, o‘z vaksinasining yangilangan variantini ishlab chiqishga qaror qildi.

“Isroil sog‘liqni saqlash vazirligi e'lon qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, vaksina samaradorligi emlashdan 6 oy keyin pasaygan, delta-shtamm esa mamlakatda birinchi o‘ringa chiqmoqda”, deb aytilgan bayonotda.   

Ta'kidlanishicha, vaksinaning yangilangan varianti ilk partiyasi sinovlar uchun tayyor. Sinovlar mutasaddi idoralar tomondan ma'qullangandan keyin avgust oyidayoq boshlanishi mumkin.

Mavzuga oid