Tramp 2024 yilgi prezident saylovlaridagi ishtiroki bo‘yicha qaror qabul qildi
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 2024 yilgi prezident saylovlaridagi ishtiroki bo‘yicha qaror qabul qildi. U bu haqda Fox News telekanalida aytib o‘tdi.
Biroq Tramp “o‘z saylov kampaniyasining moliyalashtirilishida muammolar tug‘dirmaslik uchun” qanday to‘xtamga kelganiga aniqlik kiritmagan.
“Hozircha qarorim haqida ochiqchasiga ayta olmayman, chunki bu kampaniyamning moliyalashtirilishiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Biroq o‘z javobimni aniq bilaman”, deb aytgan Tramp.
Sobiq prezident muammolar nimadan iborat ekanini tushuntirmagan.
Avvalroq Tramp o‘z ishtirokidagi anjumanlardan birida prezident lavozimi uchun yana bir bor kurashib ko‘rishi mumkinligini ma'lum qilgandi. U Oq uy uchun keyingi prezident saylovlarida respublikachi nomzod g‘alaba qozonishiga ishonch bildirgan.
Ta'kidlab o‘tish joiz, Tramp AQSh prezidentlari reytingining oxirgi o‘rinlaridan joy oldi: AQShning 45-prezidenti reytingda 41-o‘rinni egallagan.
Mavzuga oid
15:52 / 19.08.2023
Odam tanlamaydigan “huquqiy mashina”. Tramp nega ta’qib qilinmoqda?
15:51 / 14.04.2022
Bayden ortidan Tramp ham Ukrainada tinch aholi o‘ldirilishini genotsid deb atadi
19:04 / 17.03.2022
Tramp Rossiyaning Ukrainaga kirganidan hayron bo‘lganini aytdi
21:10 / 09.02.2022