Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolarga imtiyozli narxlarda uy olib berishni va'da qilgan firibgar ushlandi
Ma'lum bo‘lishicha firibgar bir necha fuqarolarning ishonchiga kirib, tanishlari orqali Sergeli tumani hududidan imtiyozli narxlarda uy olib berishini aytib 313,5 mln pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan ma'lum qilindi.
Departamentning M.Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro G.U. bir necha fuqarolarning ishonchiga kirib, ularga tanishlari orqali Sergeli tumani hududidan yangi qurilgan uylardan imtiyozli narxlarda uy olib berish evaziga har biridan 850 AQSh dollaridan hisoblab jami 313,5 mln so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:44 / 08.05.2025
Telegramʼda akkauntlar sotilishini reklama qilib, fuqarolarning pulini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi
15:43 / 03.08.2024
10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan avtofiribgar Turkiyada ushlandi
16:28 / 24.07.2024
Polshada o‘smirlarni pichoqladi deyilgan o‘zbekistonlik yigit aslida jabrlanuvchi bo‘lib chiqdi
08:39 / 10.02.2024