Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Jartepa» chegara postida ko‘p miqdordagi «Tramadol» to‘xtatib qolindi
Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan «Jartepa» chegara postida ko‘p miqdordagi «Tramadol» to‘xtatib qolingan. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston va Tojikiston chegarasining Urgut tumani hududida joylashgan «Jartepa» chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan xorij fuqarosi S.B. «yashil» yo‘lak orqali bojxona nazorati zonasidan harakatlanayotganda, uning qo‘l sumkasi bojxonachilarda shubha uyg‘otgan.
Shu sababli, S.B.ga tegishli bo‘lgan qo‘l sumkasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Qayd etilishicha, tekshirish jarayonida S.B. bojxona nazoratidan o‘tish paytida og‘zaki so‘rovlarda ma'lum qilmagan, hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan ko‘p miqdordagi «Tramadol» giyohvandlik vositasini olib kirmoqchi ekani aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
00:18 / 18.01.2025
Qozog‘iston va Rossiya chegarasida joylashgan ikkita nazorat-o‘tkazish punkti yopiladi
14:57 / 14.08.2024
Shohimardonga borish yanada osonlashdi: “Farg‘ona” va “Oq qiya” postlari 24 soatlik rejimga o‘tdi
17:06 / 02.11.2022
Tojikiston bilan chegarada joylashgan “Jartepa” chegara bojxona posti vaqtinchalik yopiladi
16:42 / 17.02.2021