Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 60 yoshli erkak xotinini pichoqlab o‘ldirdi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi 60 yoshli erkak xotinini pichoqlab o‘ldirgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Koson tumani «Nartichuqur» mahallasida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘i Sh. Ya. ishlaydigan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli bolalar shifoxonasiga borgan. Ayol erini haqoratomuz gaplar bilan xonasidan haydab chiqarmoqchi bo‘lgan. Bunga javoban M.I. unga pichoq bilan bir nechta zarba bergan. Oqibatda ayol og‘ir tan jarohatlari olgan va shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Koson tuman prokuraturasi tomonidan M. I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025