Jarimalarni “tuya qilgan” sudyalar va ichki ishlar xodimlariga tayinlangan jazo o‘zgarishsiz qoldirildi
Toshkentda sudyalar, sudya yordamchilari va YPX xodimlari 3,3 mlrd so‘mni “yeb yuborgani” holati bo‘yicha 12 nafar sudlanuvchining apellyatsiya shikoyati rad etildi.
Yo‘l harakati qoidalari buzilgani uchun undirilgan jarimalarni kirim qilmasdan, talon-toroj qilgan Toshkent shahrining sobiq sudyalari, sudya yordamchilari va IIBB YHXB sobiq xodimlariga oid jinoyat ishi Toshkent viloyati sudi apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilayotgani xabar qilingandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudining 2021 yil 10 fevraldagi hukmi ustidan 12 nafar sudlanuvchi apellyatsiya shikoyati keltirgan edi. Jinoyat ishi viloyat sudida ko‘rib chiqilib, sudning 2021 yil 7 iyul kungi ajrimi bilan apellyatsiya shikoyatlari qanoatlantirilmadi va sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi.
Jinoyat ishi doirasida jami 13 nafar shaxs sudlanuvchi sifatida jalb etilgan. Ular – JIB Toshkent shahar sudining sudyasi, Toshkent shahar Yashnobod tuman ma'muriy sudi raisi va shu tuman ma'muriy sudining sudyasi, shuningdek 3 nafar sudya yordamchilari hamda 7 nafar Toshkent shahar IIBB YHXB sobiq xodimlari bo‘lgan.
Kun.uz'ga ma'lum bo‘lishicha, JIB Zangiota tuman sudining 2021 yil 10 fevraldagi hukmi bilan:
JIB Toshkent shahar sudining sudyasi lavozimida ishlagan Davronbek Shoazizovga JKning 167-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, uzil-kesil 1 yil 6 oyga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, BHMning 410 baravari miqdorida – 61 mln 407 ming so‘m jarima jazosi;
JIB Toshkent shahar sudining sudya katta yordamchisi vazifasida ishlagan Abbos Sodiqovga JKning 167-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, uzil-kesil 1 yil 6 oyga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 2 yil 2 oyga ozodlikni cheklash jazosi;
Toshkent shahar Yashnobod tuman ma'muriy sudi raisi lavozimida ishlagan Ziyavuddin Irsaliyevga JKning 167-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, uzil-kesil 1 yil 6 oyga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, BHMning 320 baravari miqdorida – 64 mln 873 ming so‘m jarima jazosi;
Toshkent shahar Yashnobod tumani ma'muriy sudining sudyasi lavozimida ishlagan Umida Madiyevaga JKning 167-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, uzil-kesil 1 yil 6 oyga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, BHMning 310 baravari miqdorida – 62 mln 846 ming so‘m jarima jazosi;
Yashnobod tuman ma'muriy sudining sudya yordamchisi vazifasida ishlagan Bekzod Toshpo‘latovga JKning 167-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, uzil-kesil 1 yil 6 oyga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, BHMning 150 baravari miqdorida – 30 mln 409 ming so‘m jarima jazosi;
Toshkent shahar Yashnobod tuman ma'muriy sudida sudya yordamchisi vazifasida ishlagan Zoirjon Maqsudovga JKning 167-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, uzil-kesil 1 yil 6 oyga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 2 yil 2 oyga ozodlikni cheklash jazosi;
Toshkent shahar IIBB YHXB Ma'muriy amaliyot bo‘limi (MAB) katta inspektori lavozimida ishlagan Ismail Xuseynovga JKning 167-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, uzil-kesil 1 yil 6 oyga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 2 yil 2 oyga ozodlikni cheklash jazosi;
Toshkent shahar IIBB YHXB MAB inspektori lavozimida ishlagan Azizbek To‘ychiyevga JKning 167-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, uzil-kesil 1 yil 6 oyga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, BHMning 310 baravari miqdorida – 62 mln 846 ming so‘m jarima jazosi;
Toshkent shahar IIBB YHXB MABning Chilonzor sektorida katta inspektor lavozimida ishlagan Baxtiyor Ahmedovga JKning 167-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, uzil-kesil 1 yil 6 oyga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, BHMning 310 baravari miqdorida – 62 mln 846 ming so‘m jarima jazosi;
Toshkent shahar IIBB YHXB MABning Mirobod sektorida katta inspektor lavozimida ishlagan Tohirbek Hakimbekovga JKning 167-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, uzil-kesil 1 yil 6 oyga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 2 yil 2 oyga ozodlikni cheklash jazosi;
Toshkent shahar IIBB YHXB MAB Mirobod sektori inspektori lavozimida ishlagan Dilshod Xabirovga JKning 167-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, uzil-kesil 1 yil 6 oyga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, BHMning 310 baravari miqdorida – 62 mln 846 ming so‘m jarima jazosi;
Toshkent shahar IIBB YHXB MABning Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlariga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqda katta inspektor lavozimida ishlagan Umarali Siddiqovga JKning 167-moddasi 3-qismi “v” bandi, 209-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, uzil-kesil 1 yil 6 oyga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 2 yil 2 oyga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati dastlabki tergov davrida aniqlangan 3 mlrd 353 mln 456 ming so‘m zarardan 2 mlrd 991 mln 456 ming so‘mi qoplanganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:48 / 22.11.2024
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi
11:25 / 21.11.2024
2024 yilda 30 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlandi
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024