Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston Tokio Olimpiadasini birorta ham medal olmasdan tark etadigan bo‘ldi
Ushbu Olimpiadaga Tojikistondan o‘n nafar sportchi borgandi.
31 iyul kuni Tojikiston olimpiya delegatsiyasining so‘nggi sportchilari – bokschi Bahodir Usmonov va yengil atletikachi Eldor Ahmadiyev Tokio Olimpiadasidagi ishtirokini yakunladi.
Bahodir Usmonov chorakfinalda O‘zbekiston vakili Elnur Abduraimovga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Eldor Ahmadiyev 100 metrga yugurish musobaqasida 26 ishtirokchi orasida 12-o‘rinni egalladi.
Shunday qilib, tojikistonlik barcha sportchilar Olimpiada o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi va medalga erishish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
Ushbu Olimpiadada Tojikistondan o‘n nafar sportchi qatnashdi.
23 iyulda boshlangan Olimpiada o‘yinlari 8 avgustda nihoyasiga yetadi. Musobaqalarda Xitoy 21 oltin, 13 kumush va 12 bronza medali bilan yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinda 17 oltin, 5 kumush va 8 bronza medali bilan Yaponiya joylashgan. AQSh sportchilari 16 oltin, 17 kumush va 11 bronza medali bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston 1 oltin va 1 bronza medali bilan 36-o‘rindan joy olgan.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
17:52 / 04.12.2024