O‘zbekiston | 08:22 / 02.08.2021
4442
3 daqiqa o‘qiladi

To‘lov tashkilotlarida ichki nazoratni yuritish tartibi o‘zgardi

Markaziy bank boshqaruvi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori bilan To‘lov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarida, shuningdek nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritildi.

Qabul qiluvchi to‘lov tashkilotlari oluvchisi va (yoki) jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan ma'lumotlarga ega bo‘lmagan elektron pul o‘tkazmasini qachon ijro qilish va rad etish yoki to‘xtatishni aniqlash maqsadida tavakkalchilikka asoslangan siyosat va tartib-taomilga ega bo‘lishlari lozim.

Endi pul o‘tkazilishida vositachi (tranzit) sifatida ishtirok etuvchi to‘lov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlari:

  • elektron to‘lovlarga ilova qilinadigan jo‘natuvchi va oluvchi haqidagi barcha ma'lumotlarni, jo‘natuv to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan birga yuborilishini va besh yildan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlanishini ta'minlashlari;
  • oluvchisi va (yoki) jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan ma'lumotlarga ega bo‘lmagan xalqaro pul o‘tkazmalarini aniqlash bo‘yicha asosli va imkoni mavjud bo‘lgan choralarni ko‘rishlari;
  • tavakkalchiliklarni baholashga asoslangan holda oluvchisi va (yoki) jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan ma'lumotlarga ega bo‘lmagan xalqaro pul o‘tkazmalari aniqlanganda amalga oshiriladigan choralarni belgilovchi dasturni ishlab chiqishlari;
  • oluvchisi va (yoki) jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan ma'lumotlarga ega bo‘lmagan xalqaro pul o‘tkazmalari aniqlanganda, bunday o‘tkazmalar haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish masalasini ko‘rib chiqishlari lozim.

Shuningdek mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalari bo‘yicha so‘nggi javobgarlik nobank kredit tashkilotlari hamda to‘lov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarining zimmasida qoladi.

Mavzuga oid