Xorazmda 6 oyda 12 nafar fuqaro oqlandi
Xorazm viloyat sudi va ma'muriy sudining 2021 yil birinchi yarmidagi faoliyatiga doir axborotni jamoatchilikka yetkazish maqsadida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda viloyat sudi raisining jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda ma'muriy sud vakili ishtirok etib, yo‘nalishlar bo‘yicha qilingan ishlar haqida ma'lumot berishdi.
O‘tgan 6 oy davomida viloyat sudlarida jami 562 ta jinoyat, 7 281 ta fuqarolik, 4 599 ta iqtisodiy va 934 ta ma'muriy ish ko‘rib tamomlangan.
Shuningdek, 55 nafar shaxs sud zalidan qamoqqa olingan, 19 nafar shaxs qamoqdan ozod etilgan. 400 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan va 12 nafar fuqaro oqlangan.
Sudlarning jinoyatlarga qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyat samaradorligini kuchaytirish maqsadida 203 ta (36,1 foiz) jinoyat ishi aynan jinoyat sodir bo‘lgan joylarda, mahallalarda, tegishli tashkilot va muassasalarda sayyor sud majlislari tartibida ko‘rib chiqilgan. Bu ko‘rsatkich fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda 2 320 tani (31,9 foiz), iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarda 2 131 tani (46,3 foiz) tashkil etgan.
Ma'muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarning 327 tasi (35 foiz) sayyor sud majlisida ko‘rib chiqilgan.
Sud amaliyotida hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topish bo‘yicha 291 ta ariza ko‘rib chiqilgan va shundan 162 tasi qanoatlantirilgan.
6 oy mobaynida iqtisodiy sudlarda ko‘rilgan ishlarni o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslanganda, oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha 56 taga, mahsulot yetkazib berish shartnomasi bo‘yicha 683 taga, kredit shartnomasi bo‘yicha 187 taga, tadbirkorlik sub'yektlarining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish yuzasidan 1504 taga ko‘paygan.
Mavzuga oid
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
10:50 / 28.10.2024
Xorazmda ayrim loyihalar uchun Polsha texnologiya va investitsiyalari jalb qilinadi
16:26 / 16.10.2024
Xorazmda yana reyderlik. Sholikorlar hosilini tortib olish ommaviy tus olganmi?
18:40 / 18.09.2024