Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angren shahrida ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqib, 25 kishi evakuatsiya qilindi
Bugun, 5 avgust kuni, ertalab soat 09:00larda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Angren shahri 5/1 dahasida joylashgan to‘qqiz qavatli uyning 6-qavatida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, tizimdagi yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga besh daqiqa ichida yetib kelgan. Qutqaruvchilar tomonidan yong‘inni o‘chirish bilan bir vaqtda binoning yuqori qavatidagi fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlari ham amalga oshirilgan.
Bir necha daqiqa ichida 25 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilib, yong‘in soat 09:38da to‘liq bartaraf etilgan. FVV xodimlari harakatlari natijasida jabrlanish va halok bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yilmagani aytiladi.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida xonadonning 50 kvadrat metr maydoni zararlangan. Hozirda mutaxassislar yong‘in sababini aniqlashmoqda.
Mavzuga oid

20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi

21:35 / 22.05.2025