O‘zbekiston | 16:59 / 06.08.2021
10954
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonga ikki kunda 2 mln doza vaksina keldi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonga keltirilgan vaksinalar miqdori 14,5 million dozadan oshgani haqida xabar berdi.
O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozasi olib kelindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.
O‘zbekistonga 5 avgust kuni ham o‘zbek-xitoy vaksinasidan 1 million doza olib kelingandi. Shunday qilib, O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksina 14 million 580 ming 60 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
- 370 ming dozasi «Sputnik V»,
- 710 ming dozasi AstraZeneca,
- 10,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 3 million 60 dozasi Moderna vaksinasidir.
5 avgust kuni emlashlar miqdori 426 ming dozadan ortib, kunlik vaksinatsiya bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Shu kunga qadar 9 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida qo‘llangan.
Mavzuga oid
21:15 / 24.08.2024
Yevrokomissiya respirator viruslar tarqalishiga qarshi vaksinani ma’qulladi
23:25 / 15.10.2022
Koronavirusdan o‘lim miqdori rekord darajada pasaydi
10:21 / 09.02.2022
SSV emlanishga chaqirmoqda: Zangiotada o‘lim holatlari emlanmaganlar orasida qayd etilgan
19:45 / 26.01.2022