Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yong‘inlar sababli Kaliforniyaning minglab aholisi evakuatsiya qilinadi
Avvalroq Plumas okrugidagi Grinvill shahri yong‘in oqibatida butkul yo‘q bo‘lgani xabar qilingandi.
AQShning Kaliforniya shtatida keng ko‘lamdagi yong‘inlar sababli minglab aholini evakuatsiya qilish buyurildi. Bu haqda Plumas okrugi sherifi ma'muriyati ma'lum qildi.
Plumas okrugida yong‘in 188 gektar maydonni qamrab oldi. Mahalliy aholining 39 foizi evakuatsiya qilindi. Yong‘inga qarshi kurashga besh mingdan ortiq o‘t o‘chiruvchi safarbar qilingan. To‘rt kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
CNN telekanalining ma'lumot berishicha, shtatda 25 kundan buyon yong‘inga qarshi kurash olib borilmoqda.
Olov Byutt, Lassen va Texeyma okruglariga yetib kelgan. Avvalroq Plumas okrugidagi Grinvill shahri yong‘in oqibatida butkul yo‘q bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:32 / 27.05.2025
Olimlar yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishidan ogohlantirdi
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025