Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qarzdor ota farzandlari uchun 43 million so‘m aliment to‘ladi
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida qarzdor ota farzandlari uchun 43 million so‘m aliment to‘lagan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tuman sudining 2016 yil 9 noyabrdagi qaroriga asosan qarzdor J.E.dan undiruvchi T.T.ga uch nafar farzandining ta'minoti uchun daromadning ikkidan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Sud qaroriga asosan MIB Past Darg‘om bo‘limi ijro ishini yuritgan.
Qayd etilishicha, mazkur ijro hujjatiga ko‘ra qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunning 21-, 87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan. Olingan ma'lumotlar asosida uning barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.
Ushbu ijro hujjati yuzasidan qarzdor ancha vaqtdan buyon aliment pullarini to‘lamasdan kelgani sababli aliment qarzi 43 million so‘mni tashkil qilgan.
Muqim daromadi bo‘lmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash kerakligi inobatga olinib, MIB xodimlari qarzdor J.E. bilan tushuntirish o‘tkazgan. Unga farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekanligi tushuntirilgan.
Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandlarining ta'minoti uchun 43 million so‘m aliment pullarini to‘lab bergan.
Mavzuga oid
20:20 / 27.05.2025
Uchqo‘rg‘on hokimligi xodimi ikki ayolidan farzandlariga bir necha yillik aliment qarzini to‘lamayapti
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025