Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston TIV respublika afg‘onistonlik qochqinlarni qabul qilishi to‘g‘risidagi xabarni rad etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi bilan respublikada 2 ming nafar afg‘on qochqinlarini joylashtirish masalasini muhokama qilgani haqida xabar tarqalgan.
Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi respublika afg‘onistonlik qochqinlarni qabul qilishni rejalashtirgani to‘g‘risidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarni rad etdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma'lum qildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi bilan telefon orqali muloqotida respublikada 2 ming nafar afg‘on qochqinlarini joylashtirish masalasini muhokama qilgani haqida xabar tarqalgandi.
«Bugungi kunda tarqalgan xabar haqiqatga mos kelmaydi. Afg‘onistondagi vaziyat har soatda o‘zgarmoqda, shu sababli aniq qaror haqida gapirishga hali erta», dedi Smadiyarov.
Yakshanba kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Afg‘onistondagi Qozog‘iston fuqarolari va diplomatlarining xavfsizligini ta'minlash choralarini ko‘rish topshirig‘ini bergan.
OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bir necha soat ichida hokimiyatni toliblarga topshiradi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025