Toliblar 31 avgustdan keyin Kobuldan evakuatsiya qilish taqiqlanishini ma'lum qildi
Toliblar Kobul aeroportiga olib boradigan yo‘lni to‘sishgan.

Foto: AFP
Afg‘onistonni tark etishni xohlovchi barcha buni 31 avgustgacha amalga oshirishi lozim. Bu haqda “Tolibon” rasmiy vakili Zabihulla Mujohid, ma'lum qildi, deb xabar berdi Al Jazeera telekanali.
“31 avgustdan keyin evakuatsiya bo‘yicha hech qanday operatsiya amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, – dedi u.
Mujohidning qo‘shimcha qilishicha, toliblar Kobul aeroportiga olib boradigan yo‘lni to‘sishgan.
“Biz aeroportga olib boradigan yo‘lni yopdik va faqat xorijliklarni o‘tkazyapmiz”, – dedi Mujohid.
Mavzuga oid

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

22:28 / 09.04.2025
AQSh “Tolibon” bilan faol muloqotga kirishdi. G‘arbning talablari o‘zgardimi?

18:19 / 31.03.2025
Rossiya bosh prokuraturasi «Tolibon» faoliyatiga ruxsat berishni so‘radi

00:00 / 31.03.2025