Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jonson shaxsiy telefonidan foydalanib xavfsizlik qoidalarini buzgan
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va boshqa yuqori lavozimlardagi vazirlar xavfsizlik qoidalarini buzib, shaxsiy telefonlaridan chet ellik amaldorlar va tadbirkorlar bilan muloqotda bo‘ldilar, deb xabar beradi The Times nashri. Bosh vazir “Siyosatchilar ish muammolarini hal qilishda shaxsiy telefonlaridan foydalanmasliklari lozim”, deb siyosatchilarga bergan tavsiyasini o‘zi buzgan.
Nashrning yozishicha, janob Jonson telefonidan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudga Angliyaning “Newcastle” futbol klubi sotilishi mumkinligi haqida xabar yuborgan. Shuningdek, Boris Jonson Dyson elektr asboblari kompaniyasi boshqaruvchisi tadbirkor Jyeyms Dayson bilan shaxsiy telefoni orqali yozishmalar olib borgan. Ular kompaniya uchun soliq imtiyozlarini muhokama qilishgan.
2019 yilda parlament saylovlaridan so‘ng Boris Jonson hukumat a'zolariga telefon va elektron pochtalarni buzish xavfini ko‘rsatib, shaxsiy elektron qurilmalarni xizmat vaqtida ishlatmaslikni tavsiya qilgan.
Mavzuga oid
16:22 / 24.05.2025
Bola ko‘ziga telefon zararini kamaytirish uchun nima qilish kerak? – oftalmolog javob berdi
15:47 / 26.03.2025
Fransiyada samolyot parvoz vaqtida yo‘qolgan telefon tufayli shoshilinch ortga qaytdi
22:31 / 03.03.2025
Boris Jonson Tramp nega Ukrainaga bosim qilayotganini tushuntirdi
13:53 / 17.01.2025