Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istondagi o‘q-dori omborida yana portlash yuz berdi
Qozog‘istonning Jambil oblasti harbiy bazasi hududida joylashgan o‘q-dori omborida yana portlash yuz berdi. Portlash kuchsiz bo‘lib, atrofda odamlar yo‘qligi sababli hech kim zarar ko‘rmagan.
“26 avgust kuni yong‘in sodir bo‘lgan muhandislik o‘q-dori ombori hududida 29 avgust soat 12:20 atrofida portlash qayd qilindi. Buning sabablari aniqlashtirilmoqda”, deb ma'lum qilingan Qozog‘iston mudofaa vazirligida.
Eslatib o‘tamiz, 26 avgustda Jambil oblastidagi harbiy qism hududida portlash sodir bo‘ldi. Uning oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, yana 98 kishi jarohat olgan.
Ushbu hodisa ortida Qozog‘iston mudofaa vaziri iste'foga chiqmoqchi ekanini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025