Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston milliy jamoasi Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida mag‘lubiyatga uchradi
O‘zbekiston milliy jamoasi Srechko Katanets boshqaruvidagi ilk o‘yinda mehmonda Shvetsiyaga qarshi bahs yuritdi va kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.
6-daqiqada Abdulla Abdullayev o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ygan bo‘lsa, 34-daqiqada Isak Telin markaziy himoyachilarning e'tiborsizligidan foydalanib, hisobdagi farqni oshirdi. 71-daqiqada esa Eldor Shomurodov Farruh Sayfiyevning chiroyli uzatmasidan so‘ng birga-bir vaziyatga chiqib, o‘z uslubida to‘p kiritdi.
O‘rtoqlik o‘yini
Shvetsiya — O‘zbekiston 2:1
5 sentabr. Shvetsiya. «Friends Arena»
Gollar: Abdulla Abdullayev (6, avtogol), Isak Telin (34) — Eldor Shomurodov (71).
Shvetsiya: Kristoffer Nordfeldt, Mattias Yohansson (Daniel Sundgren, 62), Markus Danielson (Viktor Klasson, 81), Yoakim Nilsson, Martin Olsson, Ken Sema, Mattias Svanberg (Karl Starfelt, 62), Yyens Kayuste
Yyesper Karlsson, Isaak Telin, Robin Kuayson (Jordan Larsson, 59).
O‘zbekiston: Eldor Suyunov, Xojiakbar Alijonov (Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 76), Farrux Sayfiyev, Abdulla Abdullayev, Doston Tursunov, Odil Hamrobekov (Aziz Omonov, 89), Otabek Shukurov, Oybek Bozorov (Abror Ismoilov, 49), Jaloliddin Masharipov (Hojimat Erkinov, 89), Farrux Ikromov (Sanjar Qodirqulov, 49), Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev, 76).
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025