Jahon | 11:37 / 05.09.2021
45127
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: Panjsherdagi to‘qnashuvlarda toliblar katta yo‘qotishlarga uchradi

Afg‘onistonning Panjsher viloyatidagi qarshilik kuchlari 4 sentyabrda “Tolibon” a'zolari bilan janglarda 600ga yaqin tolibni yo‘q qildi. Bu haqda qarshilik vakili Fahim Dashtiy ma'lum qildi.

Foto: AP/TASS

“Bugun Panjsherning turli yo‘nalishlarida 600ga yaqin tolib o‘ldirildi, 1000dan ko‘prog‘i asirga olindi yoki taslim bo‘ldi”, deb ma'lum qilgan Dashtiy.

Ma'lumotlarga ko‘ra, vodiy uchun janglarda yuzlab odamlar halok bo‘lmoqda. Ushbu hududda 150 mingdan 200 minggacha odam yashaydi. Milliy qarshilik fronti vakilining aytishicha, qarshilik kuchlari toliblarni mudofaalanishga majbur qilgan. “Bir necha yuzlab toliblar tuzoqqa tushgan. Ularda o‘q-dori tugamoqda va ular hozir taslim bo‘lish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda”, deb aytgan Dashtiy.

O‘z navbatida “Tolibon” vakili Bilol Karimiy harakat kuchlari Panjsherning Hinj, Annaba, Shotol va Paryon tumanlarini nazorat qilayotganini aytgan.

Al Jazeera telekanalining xabar berishicha, toliblarning viloyatdagi hujumkor harakatlari minalashtirilgan yo‘llar sababli sustlashgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid